Uzbekjournal.uz – Follow the latest news about the life of our country

Ijodiy uchrashuv

By Muxtasar_Qodirova - Nov. 14, 2025, 12:21 p.m. 1,339 Views 0 Comment

O‘zbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasi muassisligidagi “O‘zbekiston” jurnali tahririyati xodimlarining bu galgi ijodiy muloqoti Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti talabalari bilan bo‘lib o‘tdi.





(Shu o‘rinda kichik bir izoh: Toshkent islom institutining ta’lim dasturlari dinimiz tarixi va nazariyasini chuqur o‘rganishga, arab adabiyotini o‘zlashtirishga qaratilgan. Bu ilm dargohida, shuningdek, O‘zbekiston tarixi, falsafa, ma’naviyat asoslari, siyosatshunoslik, iqtisod nazariyasi  kabi dunyoviy fanlar ham o‘qitiladi).




 


Uchrashuvda talabalarga “O‘zbekiston” jurnali davlatimiz rahbarining qaroriga asosan 2018-yildan buyon faoliyat yuritayotgani, ya’ni o‘zbek, rus va ingliz tillarida, bir yilda 4 marta chop  etilayotgani, dunyoning 55 ta davlatiga tarqatilayotganligi aytildi.

 

Ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi, 100 sahifali mazkur nashr asosan mamlakatimizdagi umummilliy totuvlik, do‘stlik va  hamjihatlik, diniy konfessiyalar o‘rtasidagi hamkorlik masalalarini keng yoritadi. Shuningdek, jurnal sahifalaridan respublikamiz hayotiga oid rasmiy xabarlar, O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan  milliy madaniy markazlar hamda xorijdagi vatandoshlarimiz  faoliyati bilan bog‘liq maqolalarga ham keng o‘rin beriladi.




 

Ayni kunlarda tahririyat jurnalistlari yurtimizda davom etayotgan “Bag‘rikenglik haftaligi” tadbirlarida faol qatnashmoqdalar.

 

Ijodiy uchrashuvda Toshkent islom instituti talabalarining barcha savollariga keng qamrovli javoblar qaytarildi.

 

Muallif: H.Mamatov

      

Tags:

0 Comment

Leave a Comment