Uzbekjournal.uz – Follow the latest news about the life of our country

Bag‘rikenglik haftaligi

By Muxtasar_Qodirova - Nov. 10, 2025, 2:12 p.m. 1,535 Views 0 Comment




BMT Bosh Assambleyasining qaroriga ko‘ra, 1997-yildan buyon 16-noyabr har yili butun dunyoda “Xalqaro bag‘rikenglik kuni” sifatida nishonlanib kelinadi. Bu sanani bizda, O‘zbekistonda nishonlash ham yaxshi an’anaga aylangan. Buyuk Ipak yo‘li chorrahasida joylashgan O‘zbekiston azaldan turli millat, elat va din vakillarining tinch-totuv, o‘zaro hurmat va hamjihatlik muhiti bilan ahillikda hayot kechirgan maskan sifatida e’tirof etiladi.




Hozirgi kunda yurtimizda 130 dan ortiq millat va elat, 16 ta diniy konfessiya vakillari bag‘rikenglik, do‘stlik va hamjihatlik tamoyillari asosida yashab kelmoqda.




Bugun yurtimizning barcha hududlarida millatlararo va dinlararo do‘stlik, ahillik va birdamlikni mustahkamlashga qaratilgan turli tadbirlarni o‘zida jamlagan “Bag‘rikenglik haftaligi” tadbirlariga start berildi. 




Ta’kidlash kerakki, joriy yilning 10-15-noyabr kunlari mamlakatimiz bo‘ylab o‘tkaziladigan “Bag‘rikenglik haftaligi” tadbirlari doirasida respublikamizning barcha viloyatlari va Toshkent shahridagi nufuzli san’at saroylari, teatrlar, konsert zallari, tomosha maydonlari va so‘lim xiyobonlari hamda bog‘larida turli madaniy-ma’rifiy, ilmiy-amaliy kabi qiziqarli bayramona tadbirlar rejalashtirilgan.


“Bag‘rikenglik haftaligi” – dunyo ahlini totuvlik va hamjihatlik haqida jiddiy o‘ylashga chorlovchi tashabbus.

Tags:

0 Comment

Leave a Comment