Uzbekjournal.uz – Follow the latest news about the life of our country

Toshkentda "O'zbekiston va Yaponiya madaniyat oqshomi" tadbiri o'tkazildi

By Farangiz_Amirkulova - May 29, 2024, 3:28 p.m. 1,106 Views 0 Comment

Joriy yilning 26-may kuni Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston davlat akademik katta teatrining old maydonida "O'zbekiston va Yaponiya madaniyat oqshomi" tadbiri bo'lib o'tdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA.

Ilk bor o'tkazilgan mazkur tadbir Yaponiya – O'zbekiston iqtisodiy, madaniy va sport aloqalari jamiyati tomonidan O'zbekiston Madaniyat vazirligi hamda mamlakatimiz elchixonasi ko'magida tashkil qilindi. Tadbirda taniqli yapon madaniyati va moda san'ati namoyondalari ishtirok etishdi.


Madaniy-ma'rifiy anjumanni O'zbekiston madaniyat vazirining maslahatchisi Shavkat Ortiqov kirish so'zi bilan ochib berdi. U vazirlik nomidan ishtirokchilarni samimiy qutlab, o'zbek-yapon munosabatlari jadal sur'atlarda rivojlanib borayotganini, ayniqsa, davlatimiz rahbarining 2019-yil dekabr oyida Yaponiyaga amalga oshirgan tashrifi o'zaro aloqalarni yanada mustahkamlashda muhim asos bo'lib xizmat qilayotganini ta'kidladi. O'z navbatida, ushbu madaniyat kechasi ikki tomonlama madaniy-gumanitar hamkorlikning amaliy ifodasi ekani urg'ulandi.


Yaponiya – O'zbekiston iqtisodiy, madaniy va sport aloqalari jamiyati raisi Tetsuro Yamasaka o'z navbatida, O'zbekiston samimiy va mehmondo'st xalqi, keng imkoniyatlari, betakror madaniyati bilan uni doimo o'ziga maftun etishini bildirdi. "Ikki davlat o'rtasida savdo-iqtisodiy, madaniy, sport va turizm sohalaridagi aloqalarni rivojlantirishga hissa qo'shish jamiyatimizning asosiy maqsadi hisoblanadi. Bu borada hamkorlikda bir qator loyihalarni hayotga tadbiq etayapmiz. "O'zbekiston va Yaponiya madaniyat oqshomi" shunday muhim tadbirlardan biri sanaladi. Mazkur madaniy tadbirni an'anaviy tarzda har yili O'zbekiston va Yaponiyada o'tkazish rejalashtirilgan", dedi u.


Kechada O'zbekiston va Yaponiya san'at ustalari tomonidan konsert dasturi hamda ikki xalq milliy liboslari namoyish etildi. Xususan, O'zbekiston milliy simfonik orkestri ijrosidagi kuy-qo'shiqlar, "Kagura", "Sakura" kabi yapon raqslari yig'ilganlarga katta taassurot qoldirdi.

Tags:

0 Comment

Leave a Comment