Uzbekjournal.uz – Follow the latest news about the life of our country

Belarus Respublikasi madaniyati kunlari

By Muxtasar_Qodirova - Nov. 4, 2025, 10:10 p.m. 1,694 Views 0 Comment



O‘zbekiston Respublikasida o'tkazilayotgan Belarus Respublikasi madaniyati kunlari doirasida bugun Belarus Respublikasi Madaniyat vaziri R. Cherneskiy Oʻzbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasi raisi K. Sariyev hamrohligida  Qo'mita qoshidagi Milliy madaniy markazlar pavilyoni faoliyati bilan yaqindan tanishdi. 




Milliy madaniy markazlar pavilyoni bilan tanishish chog'ida Belarus Respublikasi Madaniyat vaziri R. Cherneskiy O‘zbekistonda turli millat va elat vakillariga nisbatan bo‘lgan hurmat va e’tiborni yuksak baholab, Milliy madaniy markazlar pavilyonini haqiqiy insoniy va ilg‘or g‘oya deb ta'kidlab o'tdi. 




Tanishuv doirasida milliy madaniy markazlar vakillari va havaskor yoshlar va ularning ijodiy jamoalari turli milliy kuy-qo‘shiqlar, an’anaviy va zamonaviy raqslar hamda turli millatlar musiqiy merosidan namunalarni taqdim etishdi.


Tags:

0 Comment

Leave a Comment