Uzbekjournal.uz – Follow the latest news about the life of our country

O‘zaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi

By Muxtasar_Qodirova - Sept. 30, 2025, 7:54 p.m. 1,491 Views 0 Comment

O‘zbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasida O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda assotsiatsiya loyihalari doirasida o‘zaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi.




Qo‘mita raisi Q. Sariyev xorijdagi vatandoshlar bilan aloqalarni mustahkamlash, ularning manfaatlarini himoya qilish, hamkorlik loyihalari uchun yangi sheriklar topish zarurligini ta’kidladi. Shuningdek, yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning ilg‘or g‘oyalari orqali mamlakat taraqqiyotiga hissa qo‘shish muhimligi qayd etildi.




Mazkur uchrashuvda assotsiatsiya faoliyatining turli yo‘nalishlari – xorijda ta’lim olayotgan va ishlayotgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ma’lumotlar bazasini shakllantirish, vatandoshlar o‘rtasida vatanparvarlik ruhini kuchaytirish, hamda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida xabardor qilish masalalari muhokama qilindi.




O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi haqida

Assotsiatsiyaning asosiy vazifalari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:


xorijdagi yoshlarning muammolari va intilishlarini o‘rganish hamda ularni tegishli tashkilotlarga yetkazish;

chet elda o‘qishni yoki ishlashni rejalashtirgan yoshlarga qo‘llanmalar tayyorlash;

xorijdagi o‘zbek yoshlarining yagona ma’lumotlar bazasini yaratish;

davlat va jamiyat hayotiga xorijda yashayotgan malakali mutaxassislarni jalb qilish;

vatandoshlar o‘rtasida vatanparvarlik va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, turli madaniy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish;

yoshlarni diniy ekstremizm va boshqa tahdidlardan himoya qilish, huquqiy hamda psixologik yordam ko‘rsatish.


Bugungi kunda assotsiatsiya o‘z faoliyatini Xitoy, Rossiya, Germaniya, Turkiya, Yaponiya, Koreya Respublikasi, Belarus, Belgiya, Buyuk Britaniya, Misr, Latviya, Qozog‘iston va Ukraina kabi mamlakatlarda yo‘lga qo‘ygan.

Tags:

0 Comment

Leave a Comment