Uzbekjournal.uz – Follow the latest news about the life of our country

Bir xalq, bir yurtmiz!

By Muxtasar_Qodirova - Sept. 25, 2025, 9:51 p.m. 1,292 Views 0 Comment

O‘zbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasi hamda O‘zbekiston badiiy akademiyasi hamkorligida “Bir xalq, bir yurtmiz” mavzusida fotoko‘rgazma tashkil etildi. Tadbirda 100 nafarga yaqin ishtirokchi, jumladan milliy madaniy markazlar, do‘stlik jamiyatlari, birodar shaharlar alyansi va san’at sohasi vakillari ishtirok etdi.  




Ko‘rgazma davomida Milliy madaniy markazlar pavilyoni sahnasi atrofi va barcha do‘stlik uylari oldiga turli millat vakillarining O‘zbekistondagi turmush tarzini aks ettiruvchi fotosuratlar joylashtirildi. Har bir surat – milliy meros, xalqimiz tarixi, turmush tarzi va birdamligini ifodalab, ishtirokchilar qalbida faxr tuyg‘usi va hamjihatlik ruhini uyg‘otadi. 




Fotoko‘rgazmani tomosha qilgan ishtirokchilar o‘zaro tajriba almashib, asarlar bilan yaqindan tanishdilar va millatlararo do‘stlik hamda madaniy hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalarini muhokama qildilar. O‘zbekiston Badiiy akademiyasi ekspertlari tomonidan fotosuratlar baholandi va yakunda g‘oliblar taqdirlandi.




Tags:

0 Comment

Leave a Comment