Uzbekjournal.uz – Follow the latest news about the life of our country

Rossiyaning Amur viloyatidagi vatandoshlar O'zbekiston Mustaqillik kunini keng nishonladilar

By Muxtasar_Qodirova - Sept. 9, 2025, 5:55 p.m. 523 Views 0 Comment

Yurtimizning Vladivostok shahridagi Bosh konsulxonasi tashabbusi bilan Rossiyaning Amur viloyatida O'zbekiston davlat mustaqilligining 34-yilligiga bag'ishlangan bayram tadbirlari tashkil etildi.


Bayram tantanalarida Amur viloyatidagi faol vatandoshlar va "RenKons" mas'uliyati cheklangan jamiyatida vaqtincha ishlayotgan hamyurtlarimiz ishtirok etdi.


Tadbir davomida sport o'yinlari va konsert dasturi bo'lib o'tdi. Jumladan, vatandoshlar o'rtasida futbol, ​​arqon tortish, stol tennisi bo'yicha musobaqalar tashkil etildi. Musobaqalar yakunda  g'olib va sovrindor bo'lgan vatandoshlarga diplomatik missiya nomidan sovg'alar topshirildi.


Madaniy dasturda O'zbekistondan kelgan yosh estrada xonandalari o'z dasturlarini taqdim etishdi. 


Tadbirda so'zga chiqqan vatandoshlarimiz, o'z chiqishlarida O'zbekiston hukumati tomonidan xorijda ishlayotganlar yurtdoshlarimiz ko'rsatilayotgan g'amxo'rlik va e'tibor uchun minnatdorlik bildirdi.


Shu o'rinda ta'kidlash kerakki, O'zbekiston Mustaqillik kuni munosabati bilan tashkil etilgan bayram tadbirlari xorijda vaqtincha istiqomat qilayotgan fuqarolarimiz bilan aloqalarni mustahkamlashga xizmat qildi.


Tags:

0 Comment

Leave a Comment