Uzbekjournal.uz – Follow the latest news about the life of our country

Ijodiy uchrashuv

By Muxtasar_Qodirova - Aug. 29, 2025, 4:19 p.m. 572 Views 0 Comment



O‘zbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasi muassisligidagi “O‘zbekiston” jurnali tahririyati xodimlarining jurnalxonlar bilan navbatdagi muloqoti poytaxtimizning Shayxontohur tumanidagi 320-maktabda bo‘lib o‘tdi.





Taʼkidlash joizki, ushbu taʼlim maskani  o‘quv-tarbiya samaradorligi ko‘rsatkichlari bo‘yicha tumandagi yetakchi maktablardan biri hisoblanadi. Misol uchun, 2024-25-o‘quv yilida ushbu maktabni 88 nafar o‘g‘il-qiz bitirgan bo‘lsa, ularning 60 foizdan ziyodi oliy o‘quv yurtlari talabaligiga qabul qilindilar.





Jurnalistlarning maktab o‘qituvchilar jamoasi bilan uchrashuvi asosan maʼnaviyat va maʼrifat masalalari, bunda maktab va ommaviy axborot vositalarining tutgan o‘rniga bag‘ishlandi. Jumladan, bir yilda 4 marta  o‘zbek, rus va ingliz tillarida nashr etilayotgan “Ozbekiston” jurnalida ham yuqoridagi mavzuga bag‘ishlangan maqolalar muntazam berib borilayapti. Misol uchun, O‘zbekiston Respublikasi Oliy taʼlim,fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipovning jurnalning shu yil 2-sonida chop etilgan “Zamonaviy taʼlim: xalqaro andozalar, milliy maqsadlar” sarlavhali tahliliy maqolasi hamda Xotira va qadrlash kuni hamda buyuk G‘alabaning 80 yilliggiga bag‘ishlab eʼlon qilingan qator materiallar shular jumlasidandir.Uchrashuvda ustozlar ham so‘zga chiqib, maktab jamoasi oldida turgan vazifalar, kelgusidagi rejalar haqida gapirdilar. 2025-26-o‘quv yilida 1-11-sinflarda 1400 nafar o‘quvchi bilim oladi. Ularga 70 nafar ustozlar ilm-fan sirlarini o‘rgatadilar. O‘qituvchilarning 4 nafari oliy, 17 nafari 1-toifali, 25 nafari 2 toifali  mutaxassislardir.




Jurnalistlar va pedagoglar o‘rtasidagi muloqot juda samiiy va ko‘tarinki ruhda o‘tdi.




 Muallif   Xaydarali MAMATOV

Tags:

0 Comment

Leave a Comment