Uzbekjournal.uz – Follow the latest news about the life of our country

Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!

By Muxtasar_Qodirova - Aug. 26, 2025, 9:58 p.m. 334 Views 0 Comment

AQShning siyosiy tarixi sifatida tanilgan Filadelfiya shahrida bugun O‘zbekistonliklar yig‘ilib vatanimiz mustaqilligining 34 yilligini kata tantana bilan nishonlashdi. Bayram tadbirida turli yo‘nalishda faoliyat olib borayotgan yurtdoshlarimiz (tadbirkorlar, talabalar, olimlar va ziyolilar) ishtirok etdi. Ular bayramona kayfiyatda vatanga bo‘lgan mehr va sadoqatni yana bir bor namoyon etdilar. Milliy kuy qo‘shiqlar, raqslar va samimiy muloqotlar tadbirga o‘zgacha ruh bag‘ishladi. Bu kun AQShdagi o‘zbeklar birdamligi, madaniy merosimizni asrab avaylash va avlodlarga yetkazish yo‘lidagi muhim qadam bo‘lib qoldi. 




Istiqlolimizning 34 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan tadbir yurtdoshlarimizning vatanga sadoqati va milliy qadryatlarimizga bo‘lgan muhabbatini yana bir bor namoyon etdi. Tadbirda vatanparvarlik ruhi bilan she’rlar, qo‘shiqlar yangradi. Qatnashchilar milliy liboslarda sahnaga chiqib, o‘zbek raqslari va musiqa san’atidan namunalar namoyish etishdi. Bu holat Amerikalik do‘stlarimizda ham kata qiziqish uyg‘otdi. Filadelfiyada o‘qib, mehnat qilib yurgan yurtdoshlarimiz fikricha bu kabi yig‘ilishlar nafaqat bayram, balki birdamlik ramzidir. Fildelfiyada o‘tkazilgan bu kabi tantana nafaqat bayram, dunyo bo‘ylab tarqalgan o‘zbek diasporasining qalban bir ekanligini milliy qadryatlarimizni qayerda bo‘lsak ham birlashtira olishini isbotlamoqda.   

Tags:

0 Comment

Leave a Comment