Uzbekjournal.uz – Follow the latest news about the life of our country

Shashmaqom

By Muxtasar_Qodirova - Aug. 14, 2025, 11:57 a.m. 377 Views 0 Comment

📯 O‘zbekistonning nomoddiy madaniy merosi: Shashmaqom 🎶✨


🎼 Shashmaqom — nafaqat musiqiy janr, balki butun boshli madaniyat va tarix yodgorligi. Bu “olti maqom” 🇺🇿🇹🇯 — o‘zbek va tojik xalqlarining musiqiy merosida markaziy o‘rinda turuvchi noyob san’at turkumidir. XVIII asrlarda, Buxoro madaniyat markazida, qadimgi "Duvazdah maqom" tizimi asosida shakllangan.


🎵 Shashmaqom Buzruk, Rost, Navo, Dugoh, Segoh va Iroq maqomlaridan iborat bo‘lib, 250 dan ortiq kuy va ashulalarni o‘z ichiga oladi. Har bir maqom ikki bo‘limdan — cholg‘u (Mushkilot) va ashula (Nasr) bo‘limlaridan iborat. Kuylar yakka yoki ansambl ijrosida, an’anaviy tartibda ijro etiladi.


📜 Ashula matnlari mumtoz sharq she’riyati — ishqiy-lyirik, falsafiy, diniy va nasihat ohangidagi she’rlar hamda xalq poetikasidan olingan. Asosiy cholg‘u — tanbur. Har bir maqom bo‘limlari o‘ziga xos ohang, xarakter va doira usullari bilan ajralib turadi.


🎤 Asrlar davomida Shashmaqom ustozdan shogirdga, faqat og‘zaki an’ana orqali o‘rgatilib kelgan. O‘tgan asrdan boshlab, u yozib olina boshlandi (V. Uspenskiy, Yunus Rajabiy, A. Boboxonov), ilmiy o‘rganildi va musiqiy ta’lim tizimiga kiritildi.


🌍 2003-yilda Shashmaqom UNESCO tomonidan “Insoniyatning nomoddiy madaniy merosi durdonasi” deb e’tirof etildi.

📜 2008-yilda esa O‘zbekiston va Tojikiston nomidan UNESCOning "Reprezentativ ro‘yxati"ga kiritildi.


Bugungi kunda Shashmaqom nafaqat san’at asari, balki millatlararo madaniy ko‘prik, musiqiy muloqot va tarixiy xotira sifatida ham qadrlanadi. 

Tags:

0 Comment

Leave a Comment