Uzbekjournal.uz – Follow the latest news about the life of our country

O'zbekiston va Irlandiya hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildi

By Farangiz_Amirkulova - May 11, 2024, 7:40 p.m. 1,052 Views 0 Comment

'zbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchixonasi xodimlari Irlandiya Tashqi ishlar vazirligi Yevropa qo'shnichilik boshqarmasi direktori o'rinbosari Sorcha Lauri bilan videokonferensaloqa formatida uchrashuv o'tkazdilar, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Irlandiya tomoniga Yangi O'zbekistonda barcha sohalarda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli chora-tadbirlar to'g'risida batafsil ma'lumot berildi.


Muloqot chog'ida tomonlar O'zbekiston-Irlandiya hamkorligini yanada rivojlantirish istiqbollari xususida fikr almashildilar.


Ikki tomonlama siyosiy muloqotni va xalqaro tashkilotlar doirasida hamkorlikni faollashtirish, parlamentlararo aloqalarni kengaytirish, savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy sohalardagi o'zaro munosabatlarni diversifikatsiya qilish, shuningdek, madaniy-gumanitar hamkorlikni mustahkamlash masalalariga alohida e'tibor qaratildi.


Onlayn uchrashuv yakunida ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish bo'yicha mavjud salohiyatni ro'yobga chiqarish va amaliy chora-tadbirlarni muhokama qilish maqsadida diplomatik aloqalarni davom ettirish yuzasidan kelishib olindi.


Eslatib o'tamiz, O'zbekiston va Irlandiya o'rtasida 1997-yil 7-noyabrda diplomatik munosabatlar o'rnatilgan.

Tags:

0 Comment

Leave a Comment