Uzbekjournal.uz – Follow the latest news about the life of our country

Abay Qo‘nonboyev tavalludiga 180 yil to‘ldi

By Muxtasar_Qodirova - Aug. 10, 2025, 9:53 p.m. 388 Views 0 Comment



O‘zbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasi, Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Oliy Majlis huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab‑quvvatlash jamoat fondi hamda O‘zbekiston qozoq milliy madaniy markazi bilan hamkorlikda shoir tavalludiga 180 yil to‘lishi munosabati bilan bir qator madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi. Mazkur tadbirlar o‘zbek va qozoq xalqlari o‘rtasidagi do‘stlik, adabiy va madaniy aloqalarni yanada mustahkamlashga qaratilgan.




Tadbir Toshkent shahridagi qozoq shoiri Abay Qo‘nonboyev haykali poyiga gulchambar qo‘yish marosimi bilan boshlandi. Marosimda O‘zbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasi rahbariyati hamda  O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchixonasi vakillari, qozog‘istonlik mehmonlar, milliy madaniy markazlar raislari, do‘stlik jamiyatlari vakillari va faol yoshlar ishtirok etdilar. 




Shundan so'ng, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida “Abay – qozoq va o‘zbek xalqlarining sevimli shoiri” deb nomlangan xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. 

Tags:

0 Comment

Leave a Comment