Uzbekjournal.uz – Follow the latest news about the life of our country

30-iyul – Xalqlar do‘stligi kuni

By Muxtasar_Qodirova - July 27, 2025, 10:27 p.m. 387 Views 0 Comment

#Navoiy

Mamlakatimizda 30-iyul – Xalqlar do‘stligi kuni munosabati bilan turli maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar o‘tkazish anʼana tusiga kirib ulgurgan. Bu bayram turli millat va elatlar o‘rtasidagi ahillik, o‘zaro hurmat va hamkorlikning ramzi hisoblanadi.


Shu munosabat "Do'stlik" festivali doirasida Navoiy shahridagi “NKMK tarixi” muzeyida “Qizilqum” kon boshqarmasi ishchi-xodimlari ishtirokida tashkil etilgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir qatnashchilarda katta taassurot qoldirdi.




Jamiyatimizda millatlararo totuvlik, diniy bag‘rikenglik muhitini mustahkamlash yo‘lida olib borilayotgan siyosatning yaqqol namunasi sifatida Navoiy viloyatida o‘nga yaqin milliy-madaniy markazlar samarali faoliyat yuritmoqda. 




Tadbirda qozoq, qoraqalpoq, rus, tatar, koreys, yahudiy milliy-madaniy markazlari vakillari ishtirok etib, o‘zlarinig milliy urf-odatlari, raqs va kuy-qo‘shiqlarini namoyish etishdi.

Tags:

0 Comment

Leave a Comment