Bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlarida ham "Do'stlik" festivali tadbirlari o'tkazilmoqda.
"Do'stlik" festivali doirasida mamlakatimiz bo'ylab do‘stlik va totuvlikni tarannum etuvchi madaniy-ma’rifiy tadbirlar, konsert-dasturlari bo‘lib o‘tmoqda. Festivali tadbirlari hududlardagi bolalar sog‘lolmashtirish oromgohlarida ham ko'tarinki ruhda tashkil etilmoqda.
Jizzax viloyatidagi oromgohlarda ham “Turli millatlarning ko'rgazma bekatlari” tashkil etilib,“O‘zbekiston – umumiy uyimiz!” shiori ostida festival tadbirlari o‘tkazilmoqda. Tadbirlar davomida bolajonlar tomonidan turli millatlarning tarixi, urf-odat va an’analari to‘g‘risida ma’lumotlar berildi. Turli millatlarning urf-odatlarini aks ettiruvchi o‘ziga xos raqslar, chiqishlar namoyish etildi. Tadbirlarga oromgohlardagi barcha dam oluvchi bolajonlar birdek jalb etilmoqda.
0 Comment