Uzbekjournal.uz – Follow the latest news about the life of our country

Xalqaro futbol turnirida

By Muxtasar_Qodirova - July 17, 2025, 9:46 p.m. 388 Views 0 Comment

12–13-iyul kunlari Stokgolmda o‘tkazilgan futbol bo‘yicha xalqaro turnirda 32 ta jamoa qatnashdi. Ular orasida Shvetsiyada vaqtincha ishlayotgan vatandoshlarimizdan tuzilgan O‘zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etdi. 


Ushbu jamoa tarkibiga “Elchixona kubogi”da g‘olib bo‘lgan “Maksimum”, “Ko‘ktosh” va “Qashqadaryo” jamoalarining eng kuchli o‘yinchilari jalb etilgan.


Turnirdagi ishtirok va o‘zbek futbolchilarning o‘yini muxlislar va tashkilotchilar tomonidan iliq kutib olindi. Ular bu musobaqa Shvetsiyadagi millatlararo totuvlik va hurmatni mustahkamlashga xizmat qilmoqda, deya ta’kidlashdi.

Tags:

0 Comment

Leave a Comment