Uzbekjournal.uz – Follow the latest news about the life of our country

Ijodiy uchrashuv

By Muxtasar_Qodirova - June 24, 2025, 1:12 p.m. 509 Views 0 Comment



“Oʻzbekiston” jurnali tahririyati ijodiy xodimlari tomonidan Samarqand viloyati Narpay tumanida uchrashuv boʻlib oʻtdi. “Qozikent” mahalla fuqarolar yigʻinida istiqomat qiluvchi aholi bilan tashkil etilgan muloqot davomida “Oʻzbekiston” jurnalida chop etilayotgan materiallarning mazmun-mohiyati, ushbu nashrning yoʻnalishlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.  “Oʻzbekiston” jurnali bugungi kunda oʻzbek, rus hamda ingliz tillarida nashr qilinmoqda va dunyoning 55 ta davlatiga joʻnatiladi. Ushbu jurnalda qator ruknlar tashkil etilgan boʻlib, ularda yurtimiz bilan koʻplab davlatlar oʻrtasida olib borilayotgan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy sohalardagi oʻzaro manfaatli hamkorlik, yurtimizdagi islohotlar, mamlakatimiz hayoti, turli sohalarda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli ishlar borasida suhbatlar, sharhlar, maqolalar berilib boriladi. Xorijiy davlatlarning Oʻzbekistondagi favqulodda va muxtor elchilari bilan suhbatlar tashkil qilinadi, Oʻzbekiston Respublikasining mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan vazirliklar, idoralar, tashkilotlar rahbarlari tomonidan sohada amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisidagi maqolalari chop etiladi.   

       


Yurtimizda istiqomat qilayotgan turli millat va elatlar oʻrtasidagi doʻstlik, bagʻrikengilik, mehr-oqibat singari mavzular keng yoritiladi. Respublikamizda ish yuritayotgan milliy-madaniy markazlar rahbarlarining faoliyati, hayoti bilan bogʻliq materiallar tashkil qilinadi.  Xalqimizning qadimiy noyob urf-odatlari, an'analari, milliy qadriyatlarini saqlashga oid mavzulardagi maqolalar chop etiladi. Shuningdek mazkur nashrda xorijdagi vatandoshlarimiz tomonidan xalqimizning qadimiy bayramlarini nishonlanishi, ular tomonidan tashkil etiladigan ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarni yoritish ham yoʻlga qoʻyilgan. Respublikamizda tashkil qilingan doʻstlik jamiyatlarining faoliyatiga jurnalda alohida e'tibor qaratilgan.




Jurnalda faoliyat olib borayotgan xodimlar tomonidan vatanni, mehr-oqibatni, tinchlikni, yoshlikni tarannum ztuvchi  she’rlar oʻqildi. Bugungi kunda mahallalarda tinchlik, osoyishtalikni ta'minlash, oʻzlari istiqomat qilayotgan shu maskanni yanada obod boʻlishi, ertangi taraqqiyotida ziyoli, yoshi ulugʻ insonlar alohida oʻrin tutadi. Shundan kelib chiqilgani holda ertangi kunimizning yaratuvchilari boʻlgan yosh avlodni oʻzi tugʻilib oʻsgan shu aziz vatanga muhabbat, kattalarga hurmat ruhida tarbiyalash, ularni ma'naviy barkamol insonlar qilib voyaga etkazishda uzoq yillik hayotiy tajribaga ega boʻlgan yoshi ulugʻ otaxonu-onaxonlarning oʻrniga e'tibor qaratildi. 




Mahallada istiqomat qilayotgan aholi bilan boʻlib oʻtgan ijodiy muloqot davomida fuqarolarni qiziqtirgan savollarga tegishli javoblar qaytarildi.


Muallif  E.Xoʻjamurodov



Tags:

0 Comment

Leave a Comment