O‘zaro muloqot chog‘ida mamlakatlarimiz muzeylari o‘rtasida hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish, ma’naviy meroslarni o‘rganish, uni avlodlarga yetkazish va tadqiq qilish muhokamasi o‘rin oldi.
Ma’lumot o‘rnida, “Asrlar osha O‘mon tarixi muzeyi” O‘monning so‘nggi yillardagi eng yirik madaniy loyihalaridan biri hisoblanadi. Ushbu muzey O‘monning marhum sultoni Qobus bin Sayid tashabbusi bilan qurilgan bo‘lib, mamlakatning qadim zamonlardan to bugungi kungacha bo‘lgan boy tarixiy, madaniy va davlatchilik evolyutsiyasini o‘zida aks ettirib keladi.
O‘zA
0 Comment