Uzbekjournal.uz – Follow the latest news about the life of our country

O'zbekiston–Britaniya ta'lim forumi

By Muxtasar_Qodirova - May 25, 2025, 5:33 p.m. 92 Views 0 Comment

Joriy yilning 15-16-may kunlari Londonda uchinchi O'zbekiston-Britaniya ta'lim forumi bo'lib o'tdi.




Forum ishida Ta'lim sifatini ta'minlash milliy agentligi direktori Adham Xudoyqulov, Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vaziri o'rinbosari Otabek Mahkamov, Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori o'rinbosari Usmon Sharifxo'jayev, oliy ta'lim muassasalari rektorlari, ilmiy tadqiqotchilar, ta'lim sohasi bo'yicha mutaxassislar, shuningdek, Britaniya akademik hamjamiyati hamda universitetlari rahbariyati ishtirok etdi.


Anjuman davomida ishtirokchilar O'zbekiston va Buyuk Britaniya o'rtasida oliy ta'lim sohasidagi aloqalarni rivojlantirishning asosiy ustuvor yo'nalishlarini muhokama qildilar.


Ta'limni rivojlantirish masalalari, innovatsion amaliyotlar va institutsional hamkorlikning universitetlar va sanoat o'rtasidagi hamkorlik, bitiruvchilar bandligini oshirish va ta'lim muhitidagi barqaror o'zgarishlar, xalqaro hamkorlik doirasida inklyuziv oliy ta'limni kengaytirish masalalari muhokamalar markazida bo'ldi.


Forum yakunida 50dan ortiq yetakchi ingliz professor-o'qituvchi va mutaxassislar respublika universitetlariga jalb qilish, Britaniya universitetlari xalqaro konferensiyalar o'tkazish va yangi o'quv-metodik adabiyotlar ishlab chiqish, qo'shma ta'lim dasturlarini yo'lga qo'yish va boshqalar to'g'risida kelishib olindi.

Tullio Lobetti, "QAA Global" tashkiloti vakili:


      – Forum yuqori saviyada tashkil etildi. Hozir kunda oliy ta'lim sohasi ham globallashib borayotganligini kuzatish qiyin emas. Bunda talabalar bir mamlakatdan ikkinchi mamlakatga ta'lim olish maqsadida borayotganligi hamda jarayonlarning yanada soddalashganini ko'rish mumkin. Bu esa ular uchun katta imkoniyatlar ochmoqda


 Forum doirasida O'zbekiston delegatsiya bilan juda ko'p o'zaro manfaatli loyihalarni muhokama qildik.


Mazkur yo'nalishlarda O'zbekistonning vazirlik va idoralari bilan hamkorlik qilishdan mamnunmiz.


Stiven Uollis, Vestminister universitetining xalqaro ta'lim masalalari bo'yicha direktori:

– Barchangizni O'zbekiston-Britaniya uchinchi ta'lim forumida ko'rib turganimizdan juda mamnunmiz.


Forum yildan-yilga takomillashib, nufuzi yanada oshmoqda. Tadbirda Britaniyaning ko'plab universitetlari va ta'lim xizmatlarini ko'rsatuvchi tashkilotlar ishtirok etdi.


Uning doirasida ko'plab muzokaralar o'tkazildi va tomonlar uchun manfaatli bo'lgan kelishuvlar imzolandi.


Albatta, bu kabi tadbirlar oliy ta'lim sohalaridagi dolzarb masalalarni va hamkorliklarni batafsil muhokama qilish uchun juda muhim ahamiyat kasb etadi.


Tags:

0 Comment

Leave a Comment