Uzbekjournal.uz – Follow the latest news about the life of our country

Tatar va boshqird xalqlarining milliy bayrami Sabantuy – tadbirlari o‘tkazildi

By Muxtasar_Qodirova - May 25, 2025, 4:53 p.m. 53 Views 0 Comment

Bugun –25may kuni Poytaxtimizdagi Mirzo Ulug‘bek Markaziy bog‘ida Toshkent shahar Tatar jamoatchilik madaniy-ma'rifiy markazi, A.Z. Validiy nomidagi Toshkent shahar boshqird jamoat-madaniy markazi hamda Millatlararo munosabatlar qo‘mitasi hamkorligida tatar va boshqird xalqlarining milliy bayrami Sabantuy – tadbirlari o‘tkazildi.





Bog‘ning asosiy sahnasida bayramning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasi raisi K. Sariyev, Rossiya Federatsiyasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi O. Malginov, Tatariston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Butunjahon tatarlar kongressi Milliy kengashi raisi V. Shayxraziyev, Boshqirdiston Respublikasi Madaniyat vazirining o‘rinbosari G. Xamitova hamda qo‘shni mamlakatlardan, mustaqil davlatlar hamdo‘stligi davlatlaridan, shu jumladan, Tatariston va Boshqirdistondan kelgan mehmonlar ishtirok etishdi.





Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasi raisi K. Sariyev yig‘ilganlarni samimiy tabriklab, so‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti muhtaram Shavkat Miromonovich Mirziyoyev rahbarligida O‘zbekistonda milliy taraqqiyotning mutlaqo yangi bosqichiga asos solinganligi, millatlararo totuvlik, barcha millat va elat vakillarining madaniyati, tili, urf-odatlarini saqlash va rivojlantirishga yanada keng sharoitlar yaratib berilganligini ta’kidlab o‘tdi. Bayramning ochilish marosimida so‘zga chiqqanlar har bir millat vakillariga o‘z milliy urf-odat va bayramlarini bemalol o‘tkazishi uchun barcha imkoniyatlar yaratilganligini e’tirof etishdi. 






Tadbirning badiiy qismida O‘zbekiston Respublikasi, Boshqirdiston, Tataristonning yetakchi san’atkorlari va boshqa badiiy havaskorlik jamoalari ishtirokida bayram konserti tashkil etildi. Sportning kurash, armsterling, tosh kotarish, kamondan oq otish turlarida musobaqalar, arqon tortish, lanka tepish, qop ichida yugurish, suvni tokmasdan yugurish, somon to‘ldirilgan qoplar bilan jang, ustunga chiqish, qoshiqda tuxum olib yugurish kabi milliy o‘yinlar o‘tkazildi.  Bayram dasturida shuningdek, O‘zbekiston, tataristonlik va boshqirdistonlik hunarmandlar ko‘rgazmasi, va mahorat darslari, quymoq, beshbarmoq, o‘zbek oshini tayyorlash, tatarcha choy damlash udumlari va boshqa taomlarni tayyorlashni o‘z ichiga olgan milliy taomlar festivali bo‘lib o‘tdi.






Tags:

0 Comment

Leave a Comment