Uzbekjournal.uz – Follow the latest news about the life of our country

Ispaniyaning yirik banki O'zbekistonda muhim loyihalarni moliyalashtirishga qiziqish bildirmoqda

By Farangiz_Amirkulova - May 20, 2025, 10:36 a.m. 269 Views 0 Comment

O'zbekiston elchici Farrux Tursunov "Santander" bank ijrochi direktori Ignasio Saldivar bilan muzokara o'tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Muloqot chog'ida O'zbekiston-Ispaniya ikki tomonlama iqtisodiy hamkorligini yanada rivojlantirish istiqbollari va o'zaro sheriklikning aniq yo'nalishlari xususida fikr almashildi.


Tomonlar hamkorlikni yanada kengaytirishdan manfaatdor ekanliklarini tasdiqladilar. O'zbekistonda ispan kompaniyalarining yurtimiz bozoriga kirib kelishiga ko'maklashuvchi, o'zaro manfaatli investitsiyalarni rag'batlantirish va biznesni rivojlantirish imkonini beruvchi "BancoSantander" filialini ochish taklifi bildirildi.


Bank xizmatlari va tadbirkorlarni moliyaviy qo'llab-quvvatlash masalalariga alohida e'tibor qaratildi. Xususan, O'zbekiston banklari uchun to'g'ridan-to'g'ri kreditlash va kredit liniyalarini ochish imkoniyatlari muhokama qilindi.


Bunday hamkorlik yirik sarmoyaviy loyihalarni amalga oshirish uchun qo'shimcha resurslar taqdim etadi hamda kichik va o'rta biznes uchun moliyaviy vositalardan foydalanish imkoniyatini oshiradi.

Muzokaralar chog'ida yirik infratuzilma va sanoat obyektlarini loyihaviy moliyalashtirish jihatlari hamda energetika sohasidagi innovatsion yechimlarga e'tibor qaratildi.


Xususan, Ispaniya banki bir qator muhim loyihalarni moliyalashtirishga katta qiziqish bildirgan. Ular orasida Olmaliq kon-metallurgiya kombinati (OGMK) va O'zbekistonning "Solar Nature" MCHJ kompaniyasi bilan hamkorlikda quyosh fotoelektr stansiyasi loyihasini amalga oshirish dasturi bor.


Muzokaralar ikki tomonlama hamkorlikni yanada chuqurlashtirish, hamkorlikning yangi formatlarini ishlab chiqish, ushbu vazifalarni amalga oshirish bo'yicha keyingi qadamlar uchun ekspertlar darajasida maslahatlashuvlarni davom ettirish bo'yicha kelishuvlar bilan yakunlandi.

Tags:

0 Comment

Leave a Comment