Uzbekjournal.uz – Follow the latest news about the life of our country

Afg‘onistonda “Made in Uzbekistan” savdo uyi ochildi

By Muxtasar_Qodirova - May 13, 2025, 5:15 p.m. 62 Views 0 Comment

Shu kunlarda O‘zbekiston delegatsiyasi Afg‘onistonning Kobul va Mozori Sharif shaharlarida bo‘lib turibdi.

Mazkur tashrif doirasida “Made in Uzbekistan” savdo uyining tantanali ochilish marosimi o‘tkazildi. 

Ikki tomon vakillari hamda tadbirkorlari ishtirok etgan mazkur tadbirda O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan keng turdagi mahsulotlarni Afg‘oniston bozoriga olib kirish va bu yerdagi ehtiyojni qoplashda ushbu savdo uyi muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi. 

Tadbir doirasida ishtirokchilar e’tiboriga keng turdagi elektrotexnika mahsulotlari va yangi texnologiyalar taqdim etildi. 

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, mazkur savdo uyining ochilishi tomonlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni mustahkamlab, savdoni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi. Bu yerda elektrotexnika mahsulotlari va yangi texnologiyalar muntazam ravishda namoyish etilib, mahalliy xaridorlar bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri savdo aloqalarini yo‘lga qo‘yish imkoni yaratiladi. 

Tags:

0 Comment

Leave a Comment