Uzbekjournal.uz – Follow the latest news about the life of our country

Yoshlar bilan uchrashuv

By Muxtasar_Qodirova - April 30, 2025, 5:15 p.m. 118 Views 0 Comment


Bugun “O‘zbekiston” jurnali tahririyati ijodiy xodimlari tomonidan O‘zbekiston Milliy universiteti jurnalistika va o‘zbek filologiyasi fakulteti professor-o‘qituvchilari hamda talaba yoshlari  ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi. Tadbirda ishtirokchilar e’tiboriga yurtimizda hukm surayotgan tinchlik va osoyishtalik, millatlararo totuvlik hamda do‘stlik aloqalarini yanada mustahkamlash borasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar rivoji haqida ma’lumotlar berildi.






Ushbu jarayonlarda respublikamizda istiqomat qilayotgan turli millatlar va elatlar vakillarining faol ishtiroki xususida so‘z yuritilib, bu boradagi yutuq va muvaffaqiyatlarni keng yoritishda  O‘zbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mita muassisligida  nashr etilayotgan “O‘zbekiston” jurnali muhim ahamiyat kasb etayotganligi ta’kidlab o‘tildi. O‘zbek, qozoq, tojik, turkman va qirg‘iz millatlari vakillaridan iborat talabalar jurnalning chop etilish jarayonlari, uning mazmun-mundarijasi, tahririyatning kelgusidagi  rejalari bilan tanishtirildi.






Matbuot va ommaviy axborot vositalarining jamiyatimiz hayotidagi o‘rni va roli, bugungi kunda yosh jurnalistlar oldida turgan dolzarb vazifalar bilan bog‘liq mavzular o‘zaro muloqot markazida bo‘ldi. Tadbirda turli tillarda  vatanni, do‘stlik va muhabbatni, mehru-oqibatni ulug‘lovchi she’rlar aytildi. Foydali muloqot davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga tahririyat ijodiy xodimlari tomonidan batafsil javoblar olishdi. Kelgusida talaba yoshlarning amaliyotlarini   “O‘zbekiston” jurnali tahririyatida o‘tashlarini tashkil qilish, bu kabi uchrashuv va muloqotlarni  muntazam tashkil etib borish yuzasidan kelishib olindi.




Sobir  Mamanov

Tags:

0 Comment

Leave a Comment