Uzbekjournal.uz – Follow the latest news about the life of our country

O'zbekistonning bebaho merosi

By Muxtasar_Qodirova - April 20, 2025, 11:32 p.m. 248 Views 0 Comment

O'zbekiston elchixonasi tomonidan Qarshi davlat universiteti bilan birgalikda Belgiyaning Mons universiteti va Niderlandiyaning "World Horti Center" xalqaro bilim va innovatsion markazida "O'zbekistonning bebaho merosi" mavzusida madaniy-ma'rifiy tadbirlar o'tkazildi.


Mazkur tadbirlarda ilmiy-akademik hamjamiyati, yetakchi oliy ta'lim va OAV vakillari hamda vatandoshlar qatnashdi.


Ishtirokchilar O'zbekistonning umumbashariyat sivilizatsiyasiga qo'shga hissasi, boy milliy madaniy va ma'naviy merosi bilan tanishtirdilar. Shuningdek, 2025-yilda Samarqand shahrida o'tkazilishi rejalashtirilgan YUNESKO Bosh konferensiyasi 43-sessiyasining ahamiyati haqida ta'kidlandi.


Tadbirlar davomida "O'zbekistonning bebaho merosi" mavzusida taqdimot, konsert dasturi hamda Qashqadaryo viloyati hunarmandlari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar namoyishi tashkil etildi.

Tags:

0 Comment

Leave a Comment