Uzbekjournal.uz – Follow the latest news about the life of our country

Farg'ona va Xitoyning Urumchi shaharlari o'rtasida to'g'ridan-to'g'ri aviaqatnovlar yo'lga qo'yiladi

By Muxtasar_Qodirova - April 17, 2025, 5:07 p.m. 347 Views 0 Comment


"Farg'ona–Urumchi–Farg'ona" yo'nalishida aviaparvozlar yo'lga qo'yiladi.


Farg'ona viloyati hokimligi ma'lumotiga ko'ra, O'zbekiston va Xitoy shaharlari o'rtasida aviaqatnovlar kengaytirilayotgan bo'lib, yana bir yangi Farg'ona-Urumchi-Farg'ona yo'nalishida aviaparvoz yo'lga qo'yilmoqda.


Xitoyda amaliy tashrif bilan bo'lib turgan Farg'ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov boshchiligidagi viloyat delegatsiyasi Urumchi shahrida yangi aviaqatnovga tantanali start berish marosimida ishtirok etdi.


Mazkur aviaparvoz ikki hududni bog'lash, savdo, iqtisodiy-investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish, turizm yo'nalishida muhim ahamiyat kasb etadi.


Parvozlar 18-aprel kunidan boshlab amalga oshiriladi.


Tags:

0 Comment

Leave a Comment