Uzbekjournal.uz – Follow the latest news about the life of our country

Polshada yangilanish, mehr-oqibat va qadr-qimmat ayyomi – Navro'z keng nishonlandi

By Muxtasar_Qodirova - April 17, 2025, 5 p.m. 353 Views 0 Comment

O'zbekistonning Polshadagi elchixonasi tashabbusi bilan Vistula universiteti bilan birgalikda Navro'z bayrami tadbirlari tashkil etildi.




Bahor ayyomi tantanalarida universitet rahbariyati, professor-o'qituvchilar, Vistula xorijiy talabalar kengashi a'zolari, ommaviy axborot vositalari vakillari va blogerlar hamda Polshadagi vatandoshlar ishtirok etdi.


Tadbirning ochilish qismida so'zga chiqqan elchixona vakillari "O'zbekiston - 2030" strategiyasining mazmun-mohiyati, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli va ortga qaytmas islohotlarning ahamiyati, Navro'z bayramining milliy va umuminsoniy qadriyat sifatidagi o'rni, o'zbek-polyak hamkorligi holati va istiqbollari to'g'risida batafsil ma'lumot berdi.


Shu bilan birga, 3-4-aprel kunlari Samarqand shahrida o'tkazilgan "Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi" birinchi sammiti Yangi O'zbekiston tarixida muhim voqealardan biri bo'lgani, bunday uchrashuvlar mamlakatimizning YEI davlatlari bilan hamkorligini yana-da rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etishi ta'kidlandi.


Shuningdek, Polshada istiqomat qilayotgan vatandoshlarning manfaatlarini himoya qilish diplomatik vakolatxona oldidagi ustuvor vazifalardan biri ekanligi bildirildi.


Bayram tadbirida O'zbekiston milliy taomlari, mamlakatimizning boy madaniy merosi, tarixiy an'analari va turizm salohiyati haqidagi ko'rgazma tashkil etildi. Polshadagi vatandoshlar tomonidan taqdim etilgan konsert dasturi esa barchaga bayramona kayfiyat ulashdi.


Tadbir doirasida vatandoshlar uchun konsullik sayyor qabuli tashkil etildi. Unda 50 dan ortiq fuqarolarimizga konsullik-huquqiy maslahatlari berildi.


Tags:

0 Comment

Leave a Comment