Uzbekjournal.uz – Follow the latest news about the life of our country

O'zbekiston vakillari Italiyada "Yer kuni" munosabati bilan o'tkazilgan xalqaro tadbirda qatnashdi

By Muxtasar_Qodirova - April 16, 2025, 4:09 p.m. 272 Views 0 Comment

Rim shahri meriyasi tomonidan Italiyada "Yer kuni" munosabati bilan xalqaro ma'naviy-ma'rifiy tadbir o'tkazildi.


Ushbu tadbirda O'zbekiston elchixonasi ko'magida Italiyadagi vatandoshlar alohida dastur bilan ishtirok etishdi. Shuningdek, Rim shahri meriyasi a'zolari, mamlakatda akkreditatsiyadan o'tgan diplomatik korpus, turli millat diaspora tashkilotlarining faollari va OAV vakillari qatnashdi.


Xalqaro tadbir "Millatlar paradi" bilan ochildi. Unda Italiyada istiqomat qilib kelayotgan turli millat vakillarining Rim shahridagi "Villa Borghese" parki hududi bo'ylab an'anaviy marshi uyushtirildi.


Tadbir doirasida vatandoshlarimiz tomonidan o'zbek milliy hunarmandchilik mahsulotlari, xalq amaliy san'ati buyumlari stendi tashkil etildi. O'zbekiston burchagida, shuningdek, milliy liboslar, o'zbek badiiy adabiyotlari va mamlakatimiz sayyohlik imkoniyatlariga oid tarqatma materiallar namoyish etildi.


Vatandoshlar tomonidan "Yor-yor" nomli madaniy dastur taqdim etildi. Konsert dasturida ijro etilgan raqslar, kuy va qo'shiqlar ishtirokchilar tomonidan iliq kutib olindi.

Tags:

0 Comment

Leave a Comment