Zamonaviy shahar kuni kecha katta bayramga – davlat rahbari ishtirokidagi xalq sayli va bog‘dagi amfiteatrda tashkil etilgan konsert dasturiga mezbonlik qildi.
Hududni bayram shukuhi hali tark etgani yo‘q. Yangi bog‘da tashkil etilgan qishloq xo‘jaligi, hunarmandchilik, badiiy va amaliy san’at mahsulotlari ko‘rgazmalari mehmonlarni chorlamoqda. Tabiat kengliklarida varrak uchirayotgan bolakaylar, she’rxonlik qilayotgan qizlar, ot chopayotgan yigitlarga qarab qalblar to‘lqinlanadi.
Osmoni musaffo, zamini farovon yurtga mana shunday to‘ylar yarashadi.
Hududda bugungi kunda bunyodkorlik ishlari jadal davom etmoqda. Yana ko‘plab ko‘p qavatli uylar bunyod etilmoqda. Loyiha yakuniga yetgach bu yerda yarim million atrofida aholi yashashi uchun sharoit yaratiladi.
Demak, bu manzillar kelgusida yanada obod bo‘ladi.
0 Comment