Uzbekjournal.uz – Follow the latest news about the life of our country

"Toshkent-Madrid" yo'nalishidagi to'g'ridan-to'g'ri havo qatnovlari yo'lga qo'yildi

By Muxtasar_Qodirova - April 11, 2025, 9:26 p.m. 317 Views 0 Comment

"Uzbekistan Airways" milliy aviakompaniyasi "Toshkent-Madrid" yo'nalishidagi to'g'ridan-to'g'ri aviaqatnovlarni amalga oshirishni boshladi.



Havo qatnovlarining ochilish marosimi Adolfo Suares nomidagi Madrid-Baraxas aeroportining 1-terminalida bo'lib o'tdi va unda O'zbekiston elchisi Farrux Tursunov va aviakompaniya mutasaddilari ishtirok etdi.


Toshkent va Madrid o'rtasidagi parvozlar sakkiz soatni tashkil qiladi. Yangi yo'nalish "Uzbekistan Airways" milliy aviakompaniyasi tarmog'idagi eng uzun masofalardan biriga aylandi. Parvozlar haftada bir marta – dushanba kuni amalga oshiriladi.


Ushbu havo qatnovlari O'zbekiston va Ispaniya o'rtasidagi madaniy almashinuv, turizmni rivojlantirish va savdo-iqtisodiy hamkorlik uchun qo'shimcha imkoniyatlar ochishi kutilyapti.


"Toshkent-Madrid" to'g'ridan-to'g'ri aviareysining ochilishi sayyohlik agentliklari va biznes vakillari tomonidan ham ijobiy baholandi. Ularga ko'ra, endi O'zbekiston va Ispaniya o'rtasidagi qatnovlar tezlashadi va logistika ancha soddalashadi.


Tags:

0 Comment

Leave a Comment