Uzbekjournal.uz – Follow the latest news about the life of our country

“O‘tkan kunlar” romani qirg‘iz tilida

By Muxtasar_Qodirova - April 11, 2025, 8:17 p.m. 328 Views 0 Comment

O‘zbek romanchiligining asoschisi, atoqli adib Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romani Bishkekda chop etildi.


O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi axborot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, mazkur asarni qirg‘iz tiliga Uchqun Abdilazizov o‘girgan.


“Uluu toolor” nashriyoti tomonidan bosmaga tayyorlangan kitobga Qirg‘iziston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, taniqli adib va tarjimon Samidin Stambekov muharrirlik qilgan.

 

Romanning qirg‘izcha nashriga atoqli adabiyotshunos olim Zuhriddin Isomiddinov so‘zboshi yozgan bo‘lib, unda jumladan, quyidagi so‘zlar bor:  


“O‘zbek adabiyotida yuzlab romanlar yozildi. Ularning orasida maqtasa arziydigan, talay chet tillarga o‘girilganlari bor. Biroq shunga qaramay, “O‘tkan kunlar” romani boshqacha. Agar shunday deb aytish mumkin bo‘lsa, men bu romanni “O‘zbek xalqining pasporti” deb atagan bo‘lardim”.

Aytish kerakki, "O‘tkan kunlar" romani dunyoning ko‘pgina tillariga tarjima qilingan asar. Mashhur sharqshunos olim Yevgeniy Bertels Qodiriyning ushbu o‘lmas  asari haqida quyidagi qimmatli fikrlarni bildirgan edi:


"Jahon adabiyotida uslub jihatidan farq qiladigan beshta romanchilik maktabi sayqallanib ko‘zga tashlanib turadi. Ular ingliz, fransuz, nemis, rus va hind romanchilik maktablaridir. Endi oltinchi romanchilik maktabi yaratildi. Bu maktabni yaratgan Abdulla Qodiriydir."


Chindan ham, "O‘tkan kunlar" romani g‘oyat bebaho asar.  

Tags:

0 Comment

Leave a Comment