Uzbekjournal.uz – Follow the latest news about the life of our country

O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Nyu-Yorkda investitsiyaviy fond rahbari bilan muzokaralar o'tkazdi

By Farangiz_Amirkulova - April 10, 2025, 10:25 a.m. 451 Views 0 Comment

Tashrif bilan AQSHda bo'lib turgan O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov 8-aprel kuni Nyu-York shahrida "Global Infrastructure Partners" investitsiyaviy fondi asoschisi, raisi va bosh direktor hamda "BlackRock" kompaniyasi katta boshqaruvchi direktori Adebayo Ogunlesi bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"Global Infrastructure Partners" asoschisi, raisi va bosh direktori, "BlackRock" kompaniyasining katta boshqaruvchi direktori janob Adebayo Ogunlesi bilan samarali uchrashuv o'tkazdik, – deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram kanalida. – Barqaror investitsiyalarga qaratilgan hamkorlikni chuqurlashtirish imkoniyatlarini o'rganib chiqdik. O'zbekiston qulay sarmoya muhitini yaratishga intilmoqda, "BlackRock" kompaniyasining boy tajribasi esa o'zaro bog'liqlikni rivojlantirish va taraqqiyot bo'yicha strategik maqsadlarimizga mos keladi. Biz mintaqamizda tub burilish yasaydigan loyihalarni amalga oshirish yo'lida mustahkam sheriklik o'rnatishga intilmoqdamiz".

Tags:

0 Comment

Leave a Comment