Uzbekjournal.uz – Follow the latest news about the life of our country

Buyuk Sohibqironga ehtirom

By Muxtasar_Qodirova - April 9, 2025, 4:33 p.m. 423 Views 0 Comment

2025-yil 9-aprel kuni Amir Temur xiyobonida Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bо‘yicha qo‘mitasi hamkor tashkilotlar bilan birgalikda Sohibqiron Amir Temur tavalludining 689-yilligi munosabati bilan “Buyuk Sohibqironga ehtirom” mavzusidagi ma’naviy-ma’rifiy  tadbirlar doirasida Amir Temur haykali poyiga gulchambar qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi.


Unda dastlab davlat va jamoat arboblari, xorijiy diplomatik korpus vakillari, mahalla faollari hamda talaba-yoshlar ishtirokida tantanali yig‘ilish bо‘lib о‘tdi. Mehmonlar tomonidan ulug‘ Sohibqiron haykali poyiga gulchambarlar qo‘yildi. Ushbu marosimda Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bо‘yicha qo‘mitasi rahbariyati va mutasaddi xodimlari bilan birga respublikaning qozoq, turkman, tojik, qirg’iz, uyg’ur, boshqird, tatar, ozarbayjon, rus, belorus, arman va boshqa milliy madaniy markazlar raislari, rais o‘rinbosarlari hamda faollari ishtirok etdi. 












Tags:

0 Comment

Leave a Comment