Uzbekjournal.uz – Follow the latest news about the life of our country

Hindistonlik tadbirkorlar delegatsiyasi O'zbekistonga keldi

By Farangiz_Amirkulova - April 8, 2025, 9:56 a.m. 456 Views 0 Comment

Hindiston ishbilarmon doiralari vakillaridan iborat delegatsiya kecha Toshkentga yetib keldi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

O'zbekiston elchixonasi va Hindistonning G'arbiy Bengaliya shtati Ishbilarmonlik kengashi hamkorligida tashkil etilgan ushbu biznes-missiya dasturidan ikki tomonlama ishbilarmonlik aloqalarni yanada faollashtirish va yangi qo'shma loyihalarni hayotga tadbiq etish maqsadlariga qaratilgan turkum tadbir o'rin olgan.


7-aprel kuni O'zbekiston Savdo va sanoat palatasida bo'lib o'tgan davra suhbatida tomonlar O'zbekiston va G'arbiy Bengaliya shtati tadbirkorlik doiralari vakillari o'rtasida sheriklik munosabatlari o'rnatish, birgalikda bozori chaqqon, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni yo'lga qo'yish va ularni uchinchi mamlakatlarga eksport qilish, o'zaro manfaatli hamkorlikning boshqa istiqbolli yo'nalishlari yuzasidan fikr almashdi. 


To'qimachilik, charm-poyabzal, kimyo, farmatsevtika, zargarlik, qurilish materiallari ishlab chiqarish, axborot texnologiyalari, ta'lim va boshqa soha vakillaridan tashkil topgan Hindiston ishbilarmonlari delegatsiyasi shu kuni Samarqand viloyatiga jo'nab ketdi.


Ular Samarqand viloyatiga safar doirasida Kattaqo'rg'on shahrida tashkil etiladigan O'zbekiston-Hindiston biznes-forumida qatnashib, ikki tomonlama savdo-iqtisodiy munosabatlarni yangi bosqichga ko'tarish bo'yicha amaliy takliflarini taqdim etadi. Shuningdek, Samarqand viloyati tumanlaridagi sanoat korxonalari faoliyati, jumladan, "Urgut" erkin iqtisodiy zonasida xalqaro hamkorlik uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishadi.


Bundan tashqari, delegatsiya a'zolari Toshkent viloyatida faoliyati yo'lga qo'yilgan farmatsevtika parkida bo'lib, hamkorlik istiqbollarini belgilab olishi kutilmoqda.

Tags:

0 Comment

Leave a Comment