Uzbekjournal.uz – Follow the latest news about the life of our country

Poytaxtimizda Taras Shevchenko gastronomik ko‘chasining tantanali rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

By Muxtasar_Qodirova - April 7, 2025, 10:55 p.m. 424 Views 0 Comment

Turistik ko'cha poytaxtimiz aholisi va sayyohlarning eng sevimli, shuningdek,  yurtimizning turizm yo‘nalishidagi eng diqqatga sazovor maskanlardan biriga  aylanishi shubhasiz. Gastronomik ko'chada tashkil etilgan foto-zonalar qatorida piyodalar favvorasi ham poytaxtimiz aholisi va mehmonlari esdalik uchun suratga tushadigan sevimli maskan hisoblanadi.




Ushbu tadbir mamlakatimizda turli millat va elat vakillarining o‘zaro do‘stligi, hamjihatligi va totuvligini mustahkamlash yo‘lida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlarning amaliy ifodasi bo‘ldi.

Marosimda O‘zbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo’mitasi xodimlari, Toshkent shahar hokimligi mas’ullari, elimiz ardog'idagi san'atkorlar, shuningdek, mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan O'zbekiston qozoq, ozarbayjon, uyg'ur, belorus, boshqird milliy madaniy markazlari vakillari ishtirok etdilar.




 Milliy madaniy markazlar vakillari ushbu tarixiy marosimga o‘z xalqiga xos an’anaviy liboslarda tashrif buyurib, o’zining milliy hunarmandchilik ko’rgazmalari hamda  madaniy chiqishlari orqali tantanaga ko‘tarinki ruh bag‘ishladilar.




Milliy madaniy markazlar vakillarining ishtiroki esa yurtimizda millatlararo totuvlik va hamjihatlik siyosati yuksak darajada amalga oshirilayotganining yana bir yorqin namunasi bo‘ldi.

Taras Shevchenko gastronomik ko‘chasining tantanali ochilish marosimida tuman madaniyat bo‘limi tomonidan tadbir mehmonlari ishtirokida turli viktorinalar tashkil etildi.



G‘oliblarga gastronomik ko‘chada faoliyat yurituvchi kafe-restoranlar tomonidan taqdim etilgan vaucherlar topshirildi. Tadbir yakunida ishtirokchilarga minnatdorchilik bildirildi hamda bunday ezgu tashabbuslarning davomiy bo‘lishi tilab qolindi.

Tags:

0 Comment

Leave a Comment