O'zbekiston elchisi Amirsaid A'zamxo'jayev Polsha Taraqqiyot va texnologiyalar vazirligi davlat kotibi, iqtisodiy hamkorlik bo'yicha O'zbekiston-Polsha Hukumatlararo komissiyasi hamraisi Mixal Yaros bilan uchrashuv o'tkazdi.
Shu yil fevral oyida Toshkentda bo'lib o'tgan iqtisodiy hamkorlik bo'yicha O'zbekiston-Polsha Hukumatlararo komissiyasining 8-yig'ilishi va biznes-forum natijalari e'tirof etildi. Shuningdek, ushbu tadbirlarda imzolangan kelishuvlarni o'z vaqtida va samarali amalga oshirish yo'llari yuzasidan fikr almashildi.
Bank-moliya, qishloq xo'jaligi, veterinariya, energetika, farmatsevtika, to'qimachilik, tog'-kon sanoati, qurilish, migratsiya va axborot texnologiyalari sohalaridagi qo'shma loyihalarni jadallashtirish muhimligi ta'kidlandi.
0 Comment