Uzbekjournal.uz – Follow the latest news about the life of our country

Britaniya xalqaro moliya markazi O'zbekistondagi istiqbolli loyihalarga dunyodagi yirik investitsiya kompaniyalarini jalb qilishga ko'maklashadi

By Muxtasar_Qodirova - March 16, 2025, 10:45 p.m. 485 Views 0 Comment

O'zbekiston elchisi Ravshan Usmanov Britaniya xalqaro moliya markazining ("TheCityUK") xalqaro aloqalar bo'yicha bosh direktori Nikola Uotkinson bilan uchrashuv o'tkazdi.


Muloqot chog'ida hamkorlikning istiqbolli yo'nalishlari bo'yicha fikr almashildi.


Suhbatdosh O'zbekiston hayotida kechayotgan yangilanishlar, iqtisodiy islohotlar, shu jumladan, bank-moliya sohasini rivojlantirish va xorijiy investorlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish yo'nalishidagi chora-tadbirlarni yuqori baholadi.


Uchrashuv yakunida "TheCityUK" bilan O'zbekistonda davlat mulki obyektlarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, respublikada istiqbolli loyihalarni amalga oshirish uchun dunyodagi yirik infratuzilmaviy investitsiya kompaniyalarini jalb etish bo'yicha kelishuvlarga erishildi.


"TheCityUK" 2010-yilda London shahrida tashkil etilgan. U Britaniyaning moliya va xizmatlar sohasini ilgari surish, rag'batlantirish va ularni himoya qilishga yo'naltirilgan mustaqil moliya markazidir.


Markaz moliya, sug'urta, bank, aktivlar boshqaruvi, investitsiyalar, huquqiy va boshqa turli xil biznes xizmatlari sohasida ishlaydigan kompaniyalarning manfaatlari va imkoniyatlarini jahon bozorida ilgari surish bilan shug'ullanadi.

Tags:

0 Comment

Leave a Comment