Uzbekjournal.uz – Follow the latest news about the life of our country

O‘zbekiston – Fransiya: elektrotexnika sohasida ikki tomonlama hamkorlik yanada mustahkamlanadi

By Muxtasar_Qodirova - March 12, 2025, 4:12 p.m. 612 Views 0 Comment

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Fransiyaga amalga oshirayotgan davlat tashrifi doirasida ikki davlat rasmiylari va ishbilarmon doiralari o‘rtasida biznes-forum o‘tkazildi. Unda “O‘zeltexsanoat” uyushmasi raisi Mirziyod Yunusov ishtirok etib, Fransiyaning “Alstom” kompaniyasi G‘arbiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha boshqaruvchi direktori Jerom Boye bilan muzokaralar olib bordi.

Uchrashuv davomida O‘zbekiston elektrotexnika sanoatining jadal rivojlanishi, sohadagi qulay investitsiyaviy muhit hamda xalqaro hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Mirziyod Yunusov “Alstom” kompaniyasiga O‘zbekistondagi mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, istiqbolli qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va zamonaviy texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha takliflar bildirdi.

Qayd etilganidek, “Alstom” – temir yo‘l transporti va elektr harakatlanish tizimlari sohasida dunyodagi yetakchi kompaniyalardan biri hisoblanadi. U innovatsion lokomotivlar, elektrovozlar va boshqa transport texnologiyalarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish bilan shug‘ullanadi.

Muzokaralar natijasida ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash, yangi investitsiya loyihalarini ishga tushirish hamda O‘zbekiston elektrotexnika sanoatining barqaror rivojlanishiga ko‘maklashishga kelishib olindi.

Tags:

0 Comment

Leave a Comment