Uzbekjournal.uz – Follow the latest news about the life of our country

Elda obro‘ topgan hunarmand ayol

By Muxtasar_Qodirova - March 10, 2025, 10:01 p.m. 557 Views 0 Comment

Mamlakatimizda xotin-qizlarga munosib ehtirom ko‘rsatilib, ularning jamiyat hayotidagi o‘rni va nufuzini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Yutuqlari e’tirof etilib, munosib rag‘batlantirilmoqda.


Mohir hunarmand Bibisara Kunnazarovaning ham ko‘p yillik mehnatlari qadrlanib, Prezident farmoniga asosan “Do‘stlik” ordeniga munosib deb topildi.


Bibisara Kunnazarova 1954 yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mo‘ynoq tumanida tug‘ilgan. 2019 yildan boshlab “Qo‘lda gilam to‘qish” yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi a’zosi hisoblanadi. Faxriy hunarmand qadimiy gilamlari bilan xalq amaliy san’ati va unutilib borayotgan hunarmandchilikni qayta tiklash va rivojlantirish yo‘nalishida faol ish olib bormoqda. Qora uy (o‘tov)ning bezaklarini ishlash bo‘yicha mohir usta, avloddan-avlodga meros bo‘lib o‘tib kelayotgan oq basqur, qizil basqurlarni to‘qishda tengsiz.


Qahramonimiz “Hunarli cho‘qqiga bo‘y cho‘zadi” shiori ostida ish olib boradi. Uning asosiy maqsadi mahalliy aholini hunarmandchilikka jalb etish, ularning farovonligi oshishiga ko‘maklashishdir.





Bibisara Kunnazarova hunarmandchilik mahsulotlari bilan turli respublika va xalqaro ko‘rgazmalarda, ko‘rik-tanlovlarda hamda savdo-yarmarkalarda muntazam ravishda ishtirok etib, sovrinli o‘rinlarni egallab kelmoqda.


Jumladan, “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” festivali doirasida “Hunarmandlar ko‘rgazmasi” loyihasida faol ishtiroki uchun hurmat yorlig‘i va boshqa ko‘plab “Xalqaro hunarmandchilik festivali”da ishtirok etib, sertifikat bilan taqdirlangan.


Ushbu hunar bilan 6 yildan beri shug‘ullanib, o‘g‘il-qizlariga ham o‘rgatib, usta darajasiga etkazgan. Mahallalardagi ishsiz xotin-qizlar va yoshlarga ustozlik qilib, o‘z hunarining sir-asrorlarini o‘rgatgan. Bugungi kunga qadar 70 nafarga yaqin shogird tayyorlagan. Shuningdek, u sakkiz farzandni voyaga yetkazayotgan mehribon onadir.

Tags:

0 Comment

Leave a Comment