Uzbekjournal.uz – Follow the latest news about the life of our country

Ayolga ehtirom

By Muxtasar_Qodirova - March 8, 2025, 11:02 a.m. 638 Views 0 Comment

8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan “O‘zbekiston”jurnali tahririyatida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda ushbu jamoada faoliyat olib borayotgan xotin-qizlarning mehnati, ayollarimiz tomonidan yoritilayotgan maqolalar haqida so‘z bordi.




Darhaqiqat, bugungi kunda ushbu jurnalda faoliyat yuritayotgan jurnalist xotin-qizlar tomonidan mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy, maʼnaviy-maʼrifiy hayotida yuz berayotgan dolzarb materiallar keng yoritib borilmoqda. Bu esa muxlislarni yurtimizda ro‘y berayotgan o‘zgarishlar, bunyodkorlik ishlari, turli xalqlarning milliy qadriyatlari, madaniyati, urf-odatlari, anʼanalari bilan kengroq tanishtirishda o‘ziga xos muhim o‘rin tutyapti.




Bayram tadbirida ayollarimiz tomonidan olib borilayotgan ushbu ishlar yana bir bor eʼtirof etildi. 8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan o‘tkazilgan bayram tadbirida ayollarimiz qutlug‘ sana bilan tabriklanib, ularga qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.






 

Muallif   -   E.Xo‘jamurodov

Tags:

0 Comment

Leave a Comment