Uzbekjournal.uz – Follow the latest news about the life of our country

O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Estoniyaning yangi tayinlangan elchisidan ishonch yorliqlarini qabul qilib oldi

By Farangiz_Amirkulova - Feb. 19, 2025, 2:25 p.m. 712 Views 0 Comment

O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Estoniyaning yangi tayinlangan elchisi Yaap Orani (qarorgohi Ostona shahrida joylashgan) qabul qildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.


"Estoniyaning O'zbekistondagi yangi tayinlangan Elchisi Yaap Ora janoblarining ishonch yorliqlarini qabul qildik, – deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram-kanalida. – O'zbekiston-Estoniya o'rtasidagi ikki va ko'p tomonlama munosabatlarning hozirgi dinamikasini muhokama qildik. Iqtisodiy diplomatiya, axborot texnologiyalari, xalqlar o'rtasidagi aloqalar, madaniyat va boshqa sohalardagi hamkorligimizni rivojlantirishga alohida e'tibor qaratdik. Janob Elchiga mamlakatimizda muvaffaqiyatli faoliyat yuritishida omad tilaymiz".


Tags:

0 Comment

Leave a Comment