Uzbekjournal.uz – Follow the latest news about the life of our country

O'zbekiston elchisi Sloveniyada ikki tomonlama sheriklikni jadallashtirish bo'yicha samarali muzokaralar o'tkazdi

By Farangiz_Amirkulova - Feb. 17, 2025, 10:23 a.m. 937 Views 0 Comment

O'zbekiston elchisi (qarorgohi Budapesht shahrida joylashgan) Oybek Shaxavdinov Sloveniyaga tashrifi davomida ushbu mamlakat parlamenti va bir qator davlat tashkilotlari rahbarlari bilan uchrashuvlar o'tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Xususan, mamlakatimiz diplomatik missiyasi rahbarining Sloveniya Milliy parlamenti raisi o'rinbosari Daniel Krives, Parlamentning tashqi siyosat masalalari bo'yicha qo'mita raisi Predrag Bakovich, Tashqi ishlar va Yevropa ishlari vazirligi Iqtisodiy va ijtimoiy diplomatiya direksiyasi bosh direktori Slobodan Sheshum, Savdo-sanoat palatasi, "Spirit Slovenia" biznesni rivojlantirish agentligi direktori o'rinbosari Tamara Zayes Balajich, shuningdek, "Slovenian Global Action" gumanitar tashkiloti prezidenti Robert Krijanich bilan muzokaralari bo'lib o'tdi.


Uchrashuvlar chog'ida O'zbekiston-Sloveniya parlamentlararo muloqotini yanada mustahkamlash, Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo'yicha O'zbekiston-Sloveniya hukumatlararo qo'shma komissiyasining birinchi yig'ilishini tashkil etish va ikki tomonlama hamkorlikning boshqa istiqbolli yo'nalishlariga oid masalalar muhokama qilindi.


Tashrif davomida Sloveniya Savdo-sanoat palatasi bilan hamkorlikda O'zbekistonning savdo va investitsiyaviy salohiyatiga bag'ishlangan davra suhbati tashkil etildi.


Unda ikki mamlakat o'rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni faollashtirish bo'yicha keyingi qadamlar xususida fikr almashildi. Sloveniyalik investorlar O'zbekiston iqtisodiyotining muhim tarmoqlariga sarmoya kiritishga chaqirildi. 

Tags:

0 Comment

Leave a Comment