Uzbekjournal.uz – Follow the latest news about the life of our country

Tashqi diplomatiya

By Muxtasar_Qodirova - Feb. 12, 2025, 4:15 p.m. 1,054 Views 0 Comment

O‘mon Sultonligidagi elchimiz Abdusalom Hotamov ushbu arab davlatining madaniyat, sport va yoshlar ishlari bo‘yicha vaziri o‘rinbosari Sayyid Sulton Al-Busaydiy bilan uchrashdi. Muloqot davomida har ikki mamlakatda qator madaniy tadbirlar tashkil etish masalasi muhokama qilindi.

Milliy bank ijrochi direktori Abdulloh bin Zahron Al-Xinoiy bilan uchrashuvda esa O‘zbekiston va O‘mon banklari o‘rtasida o‘zaro manfaatli aloqalar o‘rnatish imkoniyati tahlil etildi.



Qatarning yetakchi sayyohlik agentliklari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadidagi sa’y-harakatlarini davom ettirarkan, Dohadagi Favqulodda va muxtor elchimiz Ashraf Xo‘jayev “Rayan Travel & Tours” va “Mosafer Travel & Tourism” kompaniyalari bosh menejerlari Zohir Yusuf va Firos Nattu bilan uchrashdi. Yurtimizga tashrif buyurayotgan qatarlik sayohatchilarning qiziqishi va ehtiyojiga moslashtirilgan turli xil xizmatlar, qo‘shimcha qulayliklar yaratish borasidagi keng ko‘lamli ishlar haqida mezbonlarga batafsil ma’lumot berildi.



Tags:

0 Comment

Leave a Comment