Uzbekjournal.uz – Follow the latest news about the life of our country

O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Jakartada Indoneziya madaniyat vaziri bilan uchrashdi

By Farangiz_Amirkulova - Feb. 12, 2025, 4:09 p.m. 956 Views 0 Comment

O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Jakartada Indoneziya madaniyat vaziri Fadli Zon bilan muzokaralar o'tkazdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"Indoneziya madaniyat vaziri Fadli Zon janobi oliylari bilan uchrashganimizdan mamnunmiz, – deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram-kanalida. – Janob vazirning O'zbekiston haqidagi keng bilimlaridan hayratdamiz. Suhbatimiz davomida umumiy dinimiz, urf-odatlar va madaniy qadriyatlarga asoslangan an'anaviy do'stlik rishtalari muhimligini ta'kidladik. Shuningdek, qo'shma loyiha va dasturlarni amalga oshirishga alohida e'tibor qaratgan holda tarixiy merosimizni asrab-avaylash, o'rganish va targ'ib etishning ahamiyati haqida fikr almashdik".

Tags:

0 Comment

Leave a Comment