Uzbekjournal.uz – Follow the latest news about the life of our country

Rossiyaning Primorsk o'lkasidagi vatandosh migrantlar huquqini himoya qilish ustuvor vazifa

By Farangiz_Amirkulova - Feb. 3, 2025, 9:55 a.m. 943 Views 0 Comment

O'zbekistonning Vladivostok shahridagi Bosh konsulxonasi xodimlari Rossiya hududida joriy etilayotgan migratsiya talablariga bag'ishlangan tadbirda ishtirok etishdi, deb xabar qilmoqda Dunyo AA muxbiri.

Unda Primorsk o'lkasi hukumati vakillari, Rossiya Tashqi ishlar vazirligining Vladivostok shahridagi vakolatxonasi, Ichki ishlar vazirligining Primorsk o'lkasi boshqarmasi va "Pasport-viza xizmati" davlat unitar korxonasi rahbarlari qatnashdi.


Yig'ilganlarda O'zbekiston Prezidentining 2024-yil 17-oktabrdagi "Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish jarayonlarini tartibga solish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi qarorining mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida batafsil so'zlab berildi. Mamlakatimiz hukumati tomonidan xorijiy mamlakatlarda, xususan Rossiyada vaqtincha ishlayotgan yurtdoshlarimizga munosib mehnat sharoitlarini yaratish, ularning huquqlarini ta'minlash yo'nalishida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ta'kidlandi.


Rossiya Ichki ishlar vazirligining Primorsk o'lkasi boshqarmasi rahbariyati hududda mehnat migrantlari bilan bog'liq holat haqida ma'lumot berdi. O'zbekiston fuqarolarining o'z ishiga mas'uliyat bilan yondashishi, zarur hujjatlarni o'z vaqtida rasmiylashtirishi va odobi alohida e'tirof etildi. 


Primorsk o'lkasi huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan yo'l qo'yilayotgan kamchiliklar va mavjud muammolarga e'tibor qaratildi.


O'zbekiston diplomatlar, shuningdek, Rossiya tomoniga vatandoshlarimizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirishga oid takliflarini bildirdilar.

Tags:

0 Comment

Leave a Comment