Kecha ikki tomonlama muzokaralar yakunida O'zbekiston va Iordaniya tashqi siyosat idoralari rahbarlari Baxtiyor Saidov va Ayman Safadi ikkita hujjatni imzoladilar, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.
"Mamlakatlarimiz o'rtasidagi hamkorlikni yana-da rivojlantirish maqsadida Ayman Safadi janoblari bilan ikkita muhim hujjatni imzoladik – deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram-kanalida. – Diplomatik pasport egalari uchun vizasiz kirish to'g'risidagi hukumatlararo kelishuv, Tashqi ishlar vazirliklari o'rtasida 2025-2027-yillarga mo'ljallangan qo'shma hamkorlik dasturi".
0 Comment