Uzbekjournal.uz – Follow the latest news about the life of our country

O'zbekiston elchisi amaliy tashrif bilan Rossiyaning Penza viloyatiga bordi

By Farangiz_Amirkulova - Jan. 29, 2025, 11:34 a.m. 594 Views 0 Comment

 Elchi Botirjon Asadov boshchiligidagi O'zbekiston delegatsiyasi amaliy tashrif bilan Penza viloyatida bo'ldi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Safar chog'ida O'zbekiston elchisi Botirjon Asadov Penza viloyati gubernatori Oleg Melnichenko bilan uchrashdi.

Tomonlar savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar. 2024-yilda Penza viloyatining O'zbekiston bilan tashqi savdo aylanmasi 40 foizga oshgani qayd etildi. Penza viloyatida 50 dan ortiq korxona va kompaniyalar O'zbekiston tomoni bilan hamkorlikda faoliyat yuritayotgani ma'lum qilindi.


Gubernator Oleg Melnichenko joriy yilning aprel oyida Toshkentda "INNOPROM-Markaziy Osiyo" tadbiri bo'lib o'tishini va unga Penza viloyati korxonalari rahbarlari delegatsiyasi tashrifi rejalashtirilganini bildirdi. Qayd etilishicha, forumda doirasida Samarqand viloyati bilan hamkorlik shartnomalari imzolanishi rejalashtirilgan.


Elchi Baxtiyor Asadov o'z navbatida, O'zbekiston biznesi mebel sanoati, qishloq xo'jaligi, savdo, shuningdek, oliy va o'rta maxsus ta'lim sohalarida hamkorlik qilishdan manfaatdor ekanligini tasdiqladi.


Eslatib o'tamiz, 2023-yilda Penza viloyati Toshkent va Andijon viloyatlari bilan, 2024-yilda esa Buxoro viloyati bilan savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va gumanitar hamkorlik to'g'risida shartnomalar imzolagan edi. Hujjatlarni imzolash marosimi Toshkentda, Rossiya va O'zbekiston o'rtasidagi to'rtinchi Hududlararo hamkorlik forumida bo'lib o'tdi.


Tashrif doirasida O'zbekiston delegatsiyasi penzalik tadbirkorlar bilan V2V formatida muzokaralar olib bordi. Penza viloyati Savdo-sanoat palatasida o'tkazilgan tadbirda viloyatdagi 39 ta korxona rahbarlari ishtirok etdi.


O'zbekiston vakillari, shuningdek, Penza davlat universitetiga tashrif buyurib, bu yerda tahsil olayotgan vatandosh talabalar bilan uchrashuv o'tkazdi. Hozirgi kunda Penza viloyatidagi oliy ta'lim muassasalarida 36 nafar yurtdoshimiz ta'lim olmoqda Ulardan 16 nafari Penza davlat universiteti talabalaridir.

Tags:

0 Comment

Leave a Comment