Uzbekjournal.uz – Follow the latest news about the life of our country

O'zbekiston Avstriyada o'tkazilgan xalqaro turizm ko'rgazmasida

By Muxtasar_Qodirova - Jan. 25, 2025, 10:56 p.m. 596 Views 0 Comment

O'zbekiston Avstriyada o'tkazilgan xalqaro turizm ko'rgazmasida milliy stend bilan ishtirok etdi. 


Mamlakatimiz elchixonasi ko'magida O'zbekiston delegatsiyasining 16-19-yanvar kunlari Avstriyaning Vena shahrida bo'lib o'tgan eng yirik xalqaro sayyohlik tadbirlaridan biri - "Ferien Messe" turizm ko'rgazmasida ishtiroki tashkil etildi.

To'rt kun davom etgan bu yilgi ko'rgazmada dunyoning 30 ga yaqin mamlakatidan 500 dan ortiq kompaniya o'z stendi bilan qatnashdi. Tashkilotchilarga ko'ra, ko'rgazmaga tashrif buyuruvchilarning umumiy soni o'tgan yilga nisbatan ikki barobar ortib, 71 ming kishidan oshdi.


Ko'rgazma maydonida yurtimiz elchixonasi va Turizm qo'mitasi ko'magida O'zbekiston milliy stendi tashkil etildi. Unda ko'rgazma ishtirokchilari va mehmonlariga mamlakatimiz an'analari, urf-odatlari va boy madaniyati bilan yaqindan tanishish imkoniyati taqdim etildi.


"Rocket Uzbekistan", "Sonder Voyage" va boshqa milliy turkompaniyalar Avstriya va boshqa davlatlar vakillari bilan O'zbekistonning turizm salohiyatini ommalashtirish hamda yurtimizga sayyohlar oqimini ko'paytirish maqsadida qator uchrashuvlar o'tkazdi.


Ko'rgazma sahnasida "Bahor" davlat raqs ansambli tomonidan taqdim etilgan madaniy dastur mehmonlar tomonidan yuqori qiziqish bilan kutib olindi.


O'zbekiston stendi va mamlakatimiz san'at ustalari ishtirokida konsert dasturi tashkilotchilar hamda mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.

Tags:

0 Comment

Leave a Comment