O‘zbekiston
Badiiy akademiyasi mamlakatimiz xalqi va xorijlik mehmonlarga milliy tasviriy
va amaliy san’atga oid eng betakror ko‘rgazmalar, ijodiy-ma’rifiy loyihalar,
tanlovlar va san’at haftaliklari, qiziqarli festivallarni taqdim etuvchi faol
ma’rifiy muassasalardan sanaladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997 yil 23 yanvardagi “O‘zbekiston Badiiy akademiyasini tashkil etish haqida”gi farmoni asosida nafis san’atga doir mazkur ijodiy tuzilma o‘z faoliyatini boshlagan.
Badiiy
akademiyani tashkil etishdan ko‘zlangan asosiy maqsad O‘zbekiston hududida
qadimdan shakllangan, jahoniy shuhrat qozongan nafis san’atlar maktabining
noyob an’analarini avaylab asrash, o‘rganish, boyitib borish, milliy tasviriy,
amaliy miniatyura san’atimizning nodir durdonalarini dunyoga olib chiqish va
targ‘ib qilish, ulardan xalqimiz ongida milliy g‘urur va iftixor, istiqlol va
Vatanga sadoqat tuyg‘ularini kuchaytirish yo‘lida keng foydalanishdan
iboratdir. Shu bilan birga zamon talablariga mos badiiy ta’lim tizimini barpo
etish, yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash, akademik ilmiy-tadqiqot
ishlarini yanada takomillashtirish Badiiy akademiyani tashkil etishga oid
ustuvor maqsadlar sirasiga kiradi.
Badiiy akademiya tashkil etilganiga 28 yil to‘ldi. Bu qisqa fursatdir, ehtimol, lekin vazirlik maqomidagi ushbu tashkilot o‘z oldiga qo‘ygan vazifalarni sharaf bilan uddalab kelmoqda.
0 Comment