Uzbekjournal.uz – Follow the latest news about the life of our country

O'zbekiston Turkiy davlatlar tashkilotiga a'zo mamlakatlar bilan birgalikda qo'shma ilmiy sun'iy yo'ldosh yaratadi

By Farangiz_Amirkulova - Jan. 21, 2025, 9:50 a.m. 926 Views 0 Comment

Qozog'istonning "Kazaxstanskaya pravda" gazetasi O'zbekiston Turkiy davlatlar tashkilotiga a'zo mamlakatlar bilan birgalikda 2026 yilda sun'iy yo'ldoshni uchirishni rejalashtirayotgani haqida ma'lum qildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Bu haqda "O'zbekkosmos" agentligining aerokosmik faoliyatni rivojlantirish bo'limi boshlig'i Muhiddin Ibrohimov Toshkentda bo'lib o'tgan matbuot anjumanida aytib o'tdi, deb ta'kidlangan nashrda.


Anjumanda O'zbekiston kosmik monitoring ma'lumotlari bilan ishlash infratuzilmasini yaratishda sezilarli yutuqlarga erishilgani qayd etildi. Agar 2022-yilda zarur ko'nikmalar va bozor yo'qligi sababli mahalliy sun'iy yo'ldoshni uchirish g'oyasi erta bo'lib tuyulgan bo'lsa, endi vaziyat o'zgardi. O'zbekistonda davlat va xususiy sektorni qamrab oluvchi 600 ming kvadrat kilometrdan 1 million kvadrat kilometrgacha bo'lgan sun'iy yo'ldosh ma'lumotlarini qayta ishlash bozori shakllandi.


Ayni vaqtda Turkiy davlatlar tashkilotiga a'zo davlatlar bilan hamkorlikda ilmiy sun'iy yo'ldosh ishlab chiqilmoqda. O'zbekiston sun'iy yo'ldoshning umumiy loyihaga birlashtiriladigan texnologik qismini yaratishda ishtirok etmoqda. Ishga tushirish 2026 yilning o'rtalariga mo'ljallangan.


"Bundan tashqari, "O'zbekkosmos" bo'lim rahbari Ismoil Rasulov Yaponiyaning Kyusyu texnologiya instituti bilan shartnoma tuzilganini ma'lum qildi. Hamkorlik doirasida 2025 yilda O'zbekistonning yetti jamoasi o'z sun'iy yo'ldoshlarini ishlab chiqish, loyihalash va yig'ishni boshlaydi", – deyilgan xabarda.

Tags:

0 Comment

Leave a Comment