Uzbekjournal.uz – Follow the latest news about the life of our country

"Eron-O'zbekiston" parlamentlararo guruhi doirasidagi hamkorlik jadallashmoqda

By Farangiz_Amirkulova - Jan. 14, 2025, 3:36 p.m. 899 Views 0 Comment

O'zbekiston elchisi Fariddin Nasriyev Eron Islomiy Kengash Majlisi (parlament) deputati, "Eron-O'zbekiston" parlamentlararo do'stlik guruhining yangi raisi Javad Nikbin bilan uchrashuv o'tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Suxbat davomida tomonlar "Eron-O'zbekiston" parlamentlararo guruhi doirasidagi o'zaro hamkorlikni faollashtirishga alohida e'tibor qaratib, O'zbekiston va Eron o'rtasidagi parlamentlararo hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalarini muhokama qildilar.


Ikki mamlakat rahbarlarining siyosiy irodasi va birgalikdagi sa'y-harakatlari tufayli so'nggi yillarda O'zbekiston va Eron o'rtasidagi ko'p qirrali hamkorlik munosabatlari yangi bosqichga ko'tarilgani alohida qayd etildi.


Muloqot chog'ida Javad Nikbin O'zbekiston Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va hududiy vakillik organlariga saylovlar omadli o'tkazilgani munosabati bilan tabrikladi.


Uchrashuv davomida, shuningdek, keng hamkorlik uchun joriy yilda parlamentlararo do'stlik guruhining yig'ilishini o'tkazish masalasi muhokama etildi.


Eron tomoni ishbilarmon doira vakillari bilan mamlakatimizga tashrif buyurib, O'zbekistonda parlamentlar va biznes doira vakillari ishtirokida biznes-forum o'tkazish taklifini qo'llab-quvvatladi.

Tags:

0 Comment

Leave a Comment