Uzbekjournal.uz – Follow the latest news about the life of our country

O'zbekiston va BAA TIV rahbarlari Abu-Dabi shahrida bo'lib o'tgan uchrashuvda ikki va ko'p tomonlama aloqalarning dolzarb mavzularini muhokama qildilar

By Farangiz_Amirkulova - Jan. 14, 2025, 3:27 p.m. 733 Views 0 Comment

Abu-Dabi shahriga tashrif buyurgan O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Birlashgan Arab Amirliklari Bosh vazir o'rinbosari, tashqi ishlar vaziri shayx Abdulla bin Zoid Ol Nahayon bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"O'zbekiston Prezidentining BAAga rasmiy tashrifi arafasida ushbu mamlakat Bosh vaziri o'rinbosari, tashqi ishlar vaziri shayx Abdulla bin Zoid Ol Nahayon Hazrati Oliylari bilan samarali uchrashuv o'tkazdik, – deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram-kanalida. – O'zbekiston va BAA yaqin hamkorligi kundan kunga boyib bormoqda. Bugungi kun tartibimizdan ikki va ko'p tomonlama aloqalarimizning eng dolzarb mavzulari, shuningdek, 2025-yilga mo'ljallangan rejalar o'rin oldi".

Tags:

0 Comment

Leave a Comment